VROSLAV

VROSLAV — Polshaning jan.gʻarbidagi shahar. Vroslav voyevodaligining maʼmuriy markazi. Odra daryosi boʻyidagi port. Aholisi 640 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Vroslav yilnomalarda dastlab 980-y. da Breslavl nomi bilan tilga olingan. Bir necha asr nemislar qoʻl ostida (1945-y. gacha) Sileziyaning bosh shahri (Breslau) boʻlgan. Vroslav yirik sanoat shahri va muhim t. y. tuguni. Transport mashinasozligi, stanoksozlik, priborsozlik, elektrotexnika, oʻlchov asboblari, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Vroslavda un-t, ilmiy tadqiqot va politexnika in-tlari, yirik ilmiy kutubxona, opera teatri, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklar koʻp: bir necha cherkov, ratusha binosi (14—16a. lar) va b. saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: VROSLAV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
YAPONIYA
FRANSIYA
POLSHA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты