TUYABOʻGʻIZ SUV OMBORI

TUYABOʻGʻIZ SUV OMBORI, Toshkent dengizi — Ohangaron daryosining oʻrta oqimida barpo etilgan gidrotexnika inshooti. 1962-y. da qurilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Umumiy hajmi 250 mln. m3, foydali hajmi 224 mln. m3 ni tashkil etadi. Suv yuzasi mayd. 20 km2. Oʻrtacha chuq. — 12,5 m. Koʻtarma tuproq toʻgʻon, chap va oʻng qirgʻoq suv chiqargichlar va suv tashlagichdan iborat. Toʻgʻonning uz. 2,4 km, ikki chekkasi qumoq tuproqdan qurilgan. Ombor gidrouzeli 1,9 km uzunlikdagi dambaga tutashgan. Toʻgʻon ustidan Toshkent — Bekobod avtomobil yoʻli oʻtadi. 440 m uzunlik va suv sarfi 760 m3/sek boʻlgan tezoqar koʻrinishidagi suv tashlagich suvni 34 m pastlikka uzatadi. Suv tashlagichning yemirilishini bartaraf etish uchun undan 600 m uzoqlikda umumiy bal. 40 m boʻlgan ochiq tipdagi ikki bosqichli sharshara qurilgan. Suv omboridan Qorasuv daryosiga va Tuyaboʻgʻiz chapqirgʻoq kanaliga suv beriladi.

Suv ombori atrofida dam olish zonasi tashkil etilgan. Suv ombori Toshkent viloyatining Boʻka, Oqqoʻrgʻon, Oʻrta Chirchiq, Quyi Chirchiq tumanlarida sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminotini yaxshilashga imkon berdi.


Lotin alifbosida maqola: TUYABOʻGʻIZ SUV OMBORI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
SIRDARYO
YER
Maysara - Sharshara


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты