TUYAMOʻYIN GES

TUYAMOʻYIN GES — Duyamoʻyin gidrouzelida qurilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining «Oʻzsuvenergo» ixtisoslashgan birlashmasi tarkibida. Xorazm viloyati Xazorasp tumani Pitnak sh. yaqinida joylashgan. Toshkent sh. dagi «Gidroproyekt» loyiha inti loyixasi asosida qurilgan. 1983-y. da ishga tushirilgan.

Styada Tuyamoʻyin suv omborida toʻplanadigan suvning daryo oʻzaniga tashlanadigan qismini turbinalardan oʻtkazib arzon va ekologik toza energiya olinadi. Stya Tuyamoʻyin gidrouzeli toʻgʻonining pastida joylashgan, unda SanktPeterburg sh. dagi «LMZ» korxonasida ishlab chiqarilgan 6 ta gidroturbina va Yekaterinburg sh. dagi «Uralelektrotyajmash» korxonasida tayyorlangan har birining quvvati 25 ming kilovatt boʻlgan gidrogeneratorlar oʻrnatilgan.

GESning ishlash rejimi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan oʻrnatiladigan irrigatsiya rejimiga boʻysundirilgan. Ishlab chiqariladigan elektr energiyasi miqdori Amudaryoda yil davomida quyi qismga yetib keladigan suv mikdoriga bogʻliq, yiliga oʻrtacha 400—600 mln. kVt soatni tashkil etadi. Hosil qilingan elektr quvvati Oʻzbekistonning yagona energetika tarmogʻiga uzatiladi.

Hikmat Lutfullayev.


Lotin alifbosida maqola: TUYAMOʻYIN GES haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
XORAZM VILOYATI
AMUDARYO
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты