TUYAMOʻYIN DASHTI

TUYAMOʻYIN DASHTI — Andijon va Fargʻona viloyatlari hududidagi dasht. Gʻarbda Muyan va Arsif, shim. da Qorachatir tizmalari, sharkda Ulugʻtogʻ, jan. da Qizilqiya adirlari oraligʻida. Geologik jihatdan adirlar oraligʻidagi botiq. Uz. 36—38 km, eni 28 km. Paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari keng tarqalgan. 1—5 km chuqurliqda boʻr davri yotqiziqlari uchraydi. Ustki qismi toshshagʻal jinslardan tuzilgan. Gʻarbga tomon qiya. Iqlimi kontinental. Iyulning oʻrtacha trasi 28°, eng yuqori tra 40°. Qishi iliq, yanv. ning oʻrtacha trasi —2°, eng past tra —16°. Vegetatsiya davri 180 kun. Yillik yogʻin 200—250 mm, asosan, bahor oylarida yogʻadi. Tuprogʻi tipik boʻz tuproq. Oʻsimliklari shuvoq, burgan hamda efemerlardan iborat. Dashtning oʻzlashtirilgan qismida tamaki, makkajoʻxori ekiladi, bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TUYAMOʻYIN DASHTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
YER
XITOY
SHIMOLIY AMERIKA
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты