VUDVORTS

VUDVORTS (Woodworth) Robert (1869. 17.8, Belchertaun, Massachusets shtati, AQSH – 1962.4.7, Nyu-York-Siti) – AQSHda funksional psixologiyanint asoschilaridan biri. 1909-y. dan Kolumbiya un-ti professori. Dinamik psixologiya gʻoyasini olgʻa surgan, uning asosiy vazifasi — psixik faoliyatning turli shakllari nima uchun va qanday paydo boʻlishi hamda amalga oshishini oʻrganish deb xisoblagan. Vudvorts fikricha, xulq bilan ong psixologiyaning asosiy predmetidir. Vudvorts psixologiya ilmida birinchi boʻlib gʻayriodatiy xulq koʻrinishlarini aniqlash soʻrovnomasini ishlab chiqdi. «Dinamik psixologiya» (1918) asarida motivatsiya, idrok qilish, oʻqitish va fikr yuritish nazariyalarini birga qoʻshish asosida xulq-atvor nimaligini tushuntirdi, «Psixologiya» (1921) asari esa mukammal darslik boʻlib qoldi.


Lotin alifbosida maqola: VUDVORTS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
YER
FRANSIYA
XITOY
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты