TUYASIMONLAR (Camelidae) qadoqoyoqlilar turkumi oilasi. Oyoklari 2 barmokli, yon barmoklari reduksiyaga uchragan. 3 va 4kaft va tovon suyaklari birga qoʻshilgan. Yuqori labi ayri, oshqozoni murakkab («kavshovchi»). Eritrotsitlari oval shaklda boʻlishi bilan boshqa sut emizuvchilardan farq qiladi. 2 urugʻ (tuyalar va lamayaar)ni oʻz ichiga oladi.