VUJUDI MUMKIN VA VUJUDI VOJIB

VUJUDI MUMKIN VA VUJUDI VOJIB — oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasidagi tushunchalar. Bunga koʻra mavjudot 2 ga — vujudi mumkin (imkoniy mavjud narsalar) va vujudi vojib (zaruriy mavjud narsalar)ga boʻlinadi. Vujudi mumkin — sababsiz vujudga kelmaydigan narsalardir. Vujudi vojib — oʻz-oʻzidan mavjud, uning mavjudligi boshqa narsadan emas, oʻz tabiatidan, mohiyatidan kelib chiqadi. Vujudi mumkin vujudi vojib sababli mavjuddir.

Forobiy barcha mavjudotni 6 darajaga boʻladi: birinchisi, vujudi vojib — Alloh; qolgan 5 tasi — aql, jon, shakl, materiya, osmon — vujudi mumkin. Bu darajalar bir-biri bilan sabab-natija shaklida bogʻlangan, birinchisi oʻz sababiga ega emas. Ibn Sino ham bu tushunchalarni shu tarzda taʼriflagan.


Lotin alifbosida maqola: VUJUDI MUMKIN VA VUJUDI VOJIB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
FOROBIY
TOSHKENT
YER
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты