TUYATISH

TUYATISH — xoʻraki, mayizbop uzum navi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha kertikli, yuzasi silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (boʻyi 20—25 sm), oʻrtacha vazni 800—1000 g, silindrsimon, gʻujumlari zich joylashgan. Gʻujumi yirik, dumaloq, sargʻishyashil. Sent. da yetiladi. Tarkibida oʻrtacha 23,4% qand, 3,2% kislota bor. Gektaridan 120— 160 s hosil olinadi. Uzumidan mayiz solinadi. Mayizi mirik, sershira. Oʻzbekistonning barcha mintaqalarida oʻstiriladi.


Lotin alifbosida maqola: TUYATISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Ulug'bek Ismailov - Guli
Izzatbek Qo'qonov - Guli
TOSHKENT
ASKARIY
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты