TUYAQORIN

TUYAQORIN (Heliotrapium lasiocarpum L. et. M.) — kampirchopondoshlarga mansub bir yillik zaharli oʻt; boʻyi 30—60 sm, sershox. Ildizi oʻq ildiz; suyet shoxlanadi. Barglari navbatmanavbat joylashgan, ikkala tomoni dagʻal tuklar bilan qoplangan. Gullari mayda, oq, toʻpgul oʻqiga bir tomonlama oʻrnashgan. Urugʻi oq tuklar bilan qoplangan, har mevada 4 tadan yetishadi. Apr. da unadi, may oyida gullaydi: urugʻi iyulning 2yarmida pishadi. Urugʻidan koʻpayadi. Nihollari apr. da koʻkarib chiqadi. Sent. oxirida quriydi. Tuyaqorin yoʻl yoqalarida, uvat va marzalarda, ayniqsa, bahorikor ekinlar orasida koʻp oʻsadi. Poya va barglarida 0,4%, urugʻida esa 1 % ga yaqin zaharli alkaloidlar (geliotrin va laziokarpin) bor. Yetilgan urugʻlari asta toʻkilib tuproqni, ayn iksa, hosili kech yigʻishtirilgan donni ifloslaydi. Tuyaqorin urugʻi aralashgan bugʻdoy, arpa, tariq va b. donlarni isteʼmol qilish natijasida odam va hayvonlar zaharlanishi mumkin. Oʻrta Osiyoda Tapkalgan. Tashlandiq yerlar, oʻtzor, bogʻ va uzumzorlarda oʻsadi.

Kurash choralari: urugʻlik material tozalanadi; ekinlar oʻtoq qilinadi; gʻalla ekinlariga 2,4—D tipidagi gerbitsidlar purkalanadi.


Lotin alifbosida maqola: TUYAQORIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
Shaxriyor - Tashlandiq
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты