TUYAQUYRUQ

TUYAQUYRUQ (Carduus albidus MB.) — murakkabguldoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi yakka, tik usadi, chochoq, sershox, poyasining yuqorigi shoxlari kalin, oq tuklar bilan krplangan, boʻyi 15—60 sm. Barglari etli, keng nashtarsimon va patsimont shapaloq, tikanli, bandsiz. Gullar toʻq qizil, chochoq, savatsimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi urugʻcha. May — iyulgacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. 10—25° haroratda urugʻi unib chiqadi. Ildizi oʻq ildiz. Oʻzbekistonning barcha hududida, jumladan, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan. Gʻoʻza, beda, don va b. barcha ekinlar orasida uchraydi. Quriq, tashlandiq yerlarda, sugʻorish shoxobchalari yaqinida, yoʻl yoqalarida, bogʻ va tokzorlarda oʻsadi.

Kurash choralari: bedani Tuyaquyruq urugʻi yetilguncha oʻrib olish; gʻalla ekinlariga 2,4D tipidagi gerbitsidlar purkash.


Lotin alifbosida maqola: TUYAQUYRUQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALMASHLAB EKISH
BEDA
Shaxriyor - Tashlandiq
BEGONA OʻTLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты