TUYAQUSHLAR

TUYAQUSHLAR (Struthioniformes) koʻkrak tojsiz qushlar turkumi. 1 oila, 1 urugʻ va 1 turi — afrika tuyaqushi bor. Hindiston, Xitoy, Mongoliya, Eron, Ukraina va Gretsiyadan qazilma qoldiqlari maʼlum. Hoz. Afrikada 3 kenja turi tarqalgan. Boʻyi 270 sm, ogʻirligi 80—90 kg. Ucholmaydi; oyoklari baquvvat; koʻrish, eshitish organi yaxshi taraqqiy etgan; soatiga 70 km gacha yuguradi. Uyasini yerga yasaydi; 7 — 9 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumi yirik, uz. 150 mm, ogʻirligi 1,5, baʼzan 2 kg gacha. Tuxumini kechasi nari, kunduzi modasi 40 kun bosadi. 3 yoshda voyaga yetadi. Asosan, oʻsimliklar, hasharotlar, mayla umurtqali hayvonlar bilan oziqlachadi. Goʻshti va tuxumi mazali; patlami chiroyli. Bir qancha mamlakatlarda tutqunlikda koʻpaytirilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: TUYAQUSHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UKRAINA
MONGOLIYA
ERON
XITOY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты