TUQSOBA

TUQSOBA, toʻqsabo (eski oʻzbekcha — oʻz tugʻiga ega boʻlgan) — harbiy qism sarkardasi, tuqsaboshi.

1) 16—19-a. larda Buxoro amirligida eshikoqo boshi, chigʻatoy begi singari mansablardan keyingi, miroxurdan oldingi rutba hisoblanib, uning egasi amir saroyiga otda kirish, lekin hukmdor qabulida oʻtirish huquqiga ega boʻlmagan shaxsni anglatgan. Bu mansabdor idishlarga ovqat suzish, kosalarga ichimlik, qatiq, muzdek suv va h. k. quyish, ularni xizmatkorlar orqali mashvarat yoki kengash ahliga yetkazishga masʼul hisoblangan. U, shuningdek, Harqonrud tumanini va u yerda suv taqsimotini boshqargan;

2) Amir tomonidan katta qalʼa va qoʻrgʻonlardagi harbiy garnizonni boshqarish uchun tayinlangan harbiy mansabdor. Qoʻqon va Xiva xonligida Tuqsoba, asosan, bir polkdan tashkil topgan harbiy qism qoʻmondoni. Rutba jihatdan chor hukumati armiyasining polkovnik unvoniga teng kelgan.


Lotin alifbosida maqola: TUQSOBA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AMIR TEMUR
XIVA XONLIGI
BUXORO XONLIGI
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты