VULKANLAR

VULKANLAR, vulqonlar (Vulkan nomidan) — Yer poʻstidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bugʻlari va jins boʻlaklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulkanlar markazida asosiy vulkan kanali joylashgan boʻlib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma oʻchogʻi) magma va b. vulkan jinslari shu kanal orqali koʻta-riladi. Vulkanlar kanalining yuqori qismi Vulkanlar boʻgʻzi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb ataladi. Vulkanlarning otilishi, lavaning qotishi jarayonida bugʻ va vulkan suvlari ajralib chiqadi. Vulkanlar otilishi qisqa, davriy va uzok, davom etishi, baʼzilari butunlay soʻnib qolishi mumkin. Shunga koʻra V. soʻnmagan, soʻngan, tinchigan xillarga boʻlinadi. Vulkanlarning koʻtarilgan kanallari shakliga qarab markaziy va yoriqlardan otiladigan xillarga boʻlinadi. Markaziy Vulkanlarda mahsulotlar markaziy kavakdan otilib chiqadi, yoriqlardan otiladigan Vulkanlar ochilib qolgan yoriq yoki bir qancha unchalik katta boʻlmagan konuslardan iborat. Soʻnmagan Vulkanlarga doim yoki davriy otiladigan, issiq gaz va suv chiqib turadigan Vulkanlar hamda Vulkanlar otilgani haqida tarixiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan Vulkanlar kiradi. Tinchigan Vulkanlar hoz. paytda tinch holatda, ammo uning tubida suyuq magma oʻchogʻi boʻlib, vaqt oʻtishi bilan u faollashishi mumkin. Soʻngan Vulkanlarga kuchli yemirilgan va yuvilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan Vulkanlar kiradi. Soʻnmagan Vulkanlar geosinklinal oblastlarda tarqalgan. Ularning deyarli uchdan ikki qismi Tinch okean qirgʻoqlari va orollarida, Uzok. Sharila Kamchatka ya. o. va Kuril o. larida, oʻchgan V. Kavkaz, Zabaykalye, Markaziy Osiyo, Ukraina (jumladan Karpat togʻlari va Qrim ya. o.)da joylashgan. Soʻnmagan Vulkanlar otilish xususiyatlariga qarab Gavayi, Stromboli, Vulkan, Gumbazli tiplariga boʻlinadi:

1) Gavayi tipidagi Vulkanlardan (Tinch okeandagi Gavayi o. lari nomidan) t-rasi 1200—1300° boʻlgan suyuq bazalt lavasi toʻxtovsiz chiqib turadi. Gavayi o. laridagi MaunaLoa, Kilauea hamda Kamchatka ya. o. dagi (Ploskiy, Tolbachik) Vulkanlar

2) Stromboli tipidagi Vulkanlar (Lipar o. laridagi Stromboli vulkani nomidan); kuchli portlab, vulkan bombalari otilib, soʻngra t-rasi 1200—1300° boʻlgan bazalt, andezit tarkibli lavalari okib chikddi. Stromboli tipdagi V. Apennin ya. o. da (Vezuviy), Kamchatka ya. o. da (Klyuchi sopkasi) bor. 3) Vulkan tipidagi Vulkanlar (Tirren dengizining jan.-sharqida joylashgan vulkan nomidan) otilganda qattiq portlaydi, vulkan bombalari va kullari otilib chiqadi. Kamchatka ya. o. dagi Jupanov, Karim sopkasi bu tipdagi Vulkanlarga kiradi. 4) Vulkanlar otilishining Gumbazli tipi uchun quyuq yopishqoq (andezit, datsit, liparitly) lavani gaz bosimi tufayli Vulkanlar kanalidan siqib, itarib chiqarib gumbazlar (Pyui-de-Dom va Kamchatkadagi Markaziy Semyachik Vulkanlar), kriptogumbazlar (SyovaSindzan Vulkanlar), konus-gumbazlar (Ivanov V.) va obelisklar hosil boʻlishi mumkin. Magma oʻchogʻi yerning yuqori mantiya qismida 50—70 km (Kamchatkadagi Klyuchi sopkasi, Gavayi o. laridagi Kilauea) yoki Yer poʻstija 5—6 km (Vezuviy) chuqurlikda boʻladi. V. Tinch okean va unga yondosh materiklarda koʻp. Dunyodagi 691 harakatdagi Vulkanlarning 418 tasi oʻsha r-nda. Kamchatka ya. o. da 28, Kuril o. lari da 40 Vulkanlar mavjud. Oʻzbekistonda Vulkanlar toʻrtlamchi davrda soʻngan. Vulkanlar kraterlari va jinslari Qurama, Tomdi togʻlarida koʻp tarqalgan. Tinch okeanda kuchli suv osti Vulkanlar otilib turadi. Bunday Vulkanlar otilganda bal. 30 m ga yetadigan suv toʻlqinlari (sunami) koʻtarilib, qirgʻoqqa yaqin koʻp shahar va qishloqlarni vayron qiladi. Vulkanlar mahsulotlari gazsimon (vulkan gazlari), suyuq (lava) va qattiq (Vulkan togʻ jinslari) boʻladi. Vulkanlarda suv va gaz taʼsiridan magmatik yoki atrofdagi choʻkindi, metamorfik jinslarda ruda hosil qiluvchi har xil elementlar va turli foydali qazilmalar hosil boʻladi. Mac, oltingugurt, alunit, temir, marganes, fosforit, kumush, qoʻrgʻoshin, pyx,Kamchatka yarim orolida vulkan otilishi (1975). simob, mis, qalay, olmos konlari, jumladan Oʻzbekistonning Chatqol, Qurama va gʻarbiy qismidagi baʼzi bir konlar Vulkanlardan paydo boʻlgan. Vulkanlar jinslaridan bino va inshootlar qurishda, issiq suvlari (geyzerlar) dan elektr energiya olishda, uylarni isitish va tibbiyotda ishlatiladi. Yer sharidagi eng mashhur Vulkanlar jadvalda keltirilgan.

Yer sharidagi eng mashhur vulkanlar Nomi Mamlakat, hudud Lyupyaylyako Argentina-Chili 6723 Kotopaxi Ekvador 5896 Kilimanjaro Tanzaniya 5895 Orisaba Meksika 5700 Damovand Eron 5604 Popokatepetl Meksika 5462 Klyuchi Sopkasi Rossiya 4750 Meru Tanzaniya 4567 Mauna-Loa Gavayi orollari 4170 Erebus Antarktida 3794 Fudziyama Yaponiya 3776 Semeru Indoneziya 3676 Etna Italiya 3340 Gekla Islandiya 1491 Vezuviy Italiya 1277 Krakatau Zond boʻgʻozi 813 Ad.: Vlodaves Vulkanlar, Vulkanы Zemli, M., 1973; Aprodov Vulkanlar, Vulkanы, M., 1982.


Lotin alifbosida maqola: VULKANLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
OKEAN
ROSSIYA
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты