TUGʻILISH

TUGʻILISH (demografiyada) — yangi tugʻilganlar hisobiga aholining yangilanib borish jarayoni; muayyan aholi guruhi oʻrtasida bola tugʻilib turish surʼati: bir yil davomida har ming kishi hisobiga toʻgʻri keladigan tirik tugʻilgan bolalar soni. Tugʻilish oʻlim jarayoni bilan birga aholi tabiiy oʻsishining asosini tashkil etadi. Tugʻilishni ifodalovchi bir nechta koʻrsatkichlar mavjud: T. ning umumiy koeffitsiyenti — 1000 kishiga nisbatan tugʻilgan bolalar sonini ifodalaydi va promilleda belgilanadi; T. ning maxsus koeffitsiyenti — har 1000 ta 15—49 yoshli ayollarga nisbatan tugʻilgan bolalar soni; T. ning yo sh guruhlari boʻyicha koeffitsiyenti — har 1000 ta maʼlum yosh guruhidagi (15—19, 20—24, 25—29, 3034, 3539, 4044, 4549) ayollarga nisbatan tugʻilgan bolalar soni; T. ning yigʻindi koeffitsiyenti — tugʻilish darajasini eng aniq ifodalovchi koʻrsatkich, unda maʼlum avlodga tegishli har bir ayelning hayoti davomida tuqqan bolalari soni ifodalanadi. Koʻpchilik davlatlarda Tugʻilish darajasini oʻrganish va ularni taqqoslashda Tugʻilishning umumiy koeffitsiyentidan koʻproq foydalaniladi. Demofaf olimlar B. S. Urlanis va V. A. Borisovlar tomonidan Tugʻilish darajasini shu koeffitsiyent yordamida baxrlash mezoni aniklangan. Mezon boʻyicha oʻrganilayotgan hudud yoki aholi gurugʻida Tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti 16%o dan kam boʻlsa, Tugʻilish darajasi past, 16 — 24%o ~ oʻrta, 25—39%o — yuqori va 40%o dan baland boʻlsa Tugʻilish darajasi juda yuqori hisoblanadi.

Tugʻilish — biologik jarayon, u insonlarning reproduktiv mayli, yaʼni farzand koʻrishga boʻlgan munosabati bilan bogʻliqdir. Reproduktiv mayl esa inson yashayotgan ijtimoiyiqtisodiy muhit taʼsirida oʻzgarib boradi. Insoniyat oʻz tarixiy taraqqiyoti davomida bir nechta ijtimoiyiqtisodiy bosqichlarni bosib oʻtdi va Tugʻilish darajasi jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham bir xil boʻlmagan. Yer yuzida Tugʻilishning kamayish jarayoni 18-a. ning 2yarmida Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida boshlanib, AQSH, Kanada, Avstraliya va Yaponiyaga tarqaldi. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlarda Tugʻilish tez kamaya boshladi. Jahonda eng yuqori Tugʻilish Afrika mamlakatlariga toʻgʻri keladi. 1970—90 y. larda Tugʻilishning eng tez kamayishi Osiyoga mansub. Osiyoning eng yirik mamlakatlari boʻlgan Xitoy va Hindistonda oilada bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan, yaʼni Tugʻilish davlat tomonidan nazorat qilinadi. Osiyo aholisining 70% ini tashkil etgan bu davlatlarda Tugʻilishning kamayishi butun Osiyo boʻyicha Tugʻilish koʻrsatkichlariga taʼsir qiladi. 1970 — 90 y. larda T. Osiyoda 40%, Yevropada 16%, Avstraliya va Okeaniyada 19%, Afrikada 5%ga kamaygan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda Tugʻilishning kamayishi rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan sekinroq boradi. Tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti dunyo boʻyicha (2001, promilleda) — 22, Afrikada — 38, Amerikada — 20, Osiyoda — 22, Avstraliya va Okeaniyada — 31 va Yevropada — 10 ga teng. Dunyo boʻyicha eng yuqori T. Malida (50%o) va eng past T. Latviyada (8%o) kuzatilmoqda.

Oʻzbekistonda tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 aholiga nisbatan tugʻilgan bolalar soni, oʻrtacha) dinamikasi Oʻzbekistonda Tugʻilishning nisbatan yukrriligi aholining koʻpchiligi kishloqturmush tarzida yashab kelayotganligi bilan bogʻliq. Shuningdek, qulay demografik vaziyat xdm Tugʻilishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Nikoxdan oʻtish, oila qurish hollarining yuqoriligi xam oilalar sonining koʻpayishiga, ular esa, oʻz navbatida, Tugʻilishning oʻsishiga sabab boʻladi. Oʻzbekistonda yangi iqtisodiy islohotlarning joriy etilishi, bozor munosabatlarining shakllanishi va b. oʻlkaning demografik vaziyatiga ham maʼlum darajada taʼsir etdi.

Ad.: Mulladjanov I. R., Demograficheskoye razvitiye Uzbekistana, Tugʻilish, 1983; Buriyeva M. R., Rojdayemost v Uzbekistane, Tugʻilish, 1991; Boʻriyeva M. R., Demografiya asoslari, Tugʻilish, 2001; Demograficheskiy yejegodnik Uzbekistana, Tugʻilish, 2003.

Mamlakat Boʻriyeva.


Lotin alifbosida maqola: TUGʻILISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
AHOLI
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты