TUGʻLOQIYLAR

TUGʻLOQIYLAR, toʻgʻlaqiylar — Dehli sultonyaigini boshqargan sulola (1320—1413). Asoschisi — Gʻiyosiddin Tugʻloq. Uning davrida (1320—25) yer soligi 1/10 ga kamaytirildi, kanallar qazildi, Tugʻloqobod sh. barpo etildi, Dekanga yurish uyushtirildi. Otasini oʻldirib oʻgʻli Muhammad Tugʻloq (1325— 51) taxtga chiqadi. U layoqatli sarkarda, ammo beshafqat hukmdor boʻlib, «Xuni» («Qonxoʻr») laqabini olgandi. Sulton dehqonlarga nihoyatda ogʻir boʻlgan qoʻshimcha soliq solgan. Muvaffaqiyatsiz chiqqan pul islohoti oʻtkazgan. Poytaxtni Dehlidan Devagiri (Davlatobodga koʻchiradi). Feruzshoh Tugʻloq (1351—88) davrida ogʻir soliq va bojlar bekor qilingan, yangi kanallar qazilgan, harbiy boshliklarga qoʻshimcha yerlar inʼom qilingan. Ammo harbiy boshliqlarning ayirmachilik harakatlari barham topmagan. Bengaliya bilan Dekan saltanatdan ajralib chiqqan. Tugʻloqiylardan eng soʻnggisi sulton Nosiriddin Mahmud (1394—1413) vafotidan keyin hokimiyat saidlar sulolasiga oʻtgan (1414).


Lotin alifbosida maqola: TUGʻLOQIYLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TEMURIYLAR
YER
BUXORO XONLIGI
ALISHER NAVOIY
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты