TUGʻLU TEKIN MAQBARASI

TUGʻLU TEKIN MAQBARASI — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1376). Shohizinda ansamblining oʻrta qismida. Shaharning qad. devoriga taqab, Temur sarkardalaridan amir Husaynning oʻzi va onasi Tugʻlu Tekin sharafiga qurilgan. Maqbara (8,5×9,5 m) bir xonali, eshigi gʻarbga qaragan. Tugʻlu Tekin Maqbarasida oʻsha davr meʼmorlik hamda koshinkorlik sanʼatining noyob namunalari saqlangan. Gul va yaproqlar tasviri, tutashgan halqalar hamda yozuvlar koʻkmoviy boʻyoqlarda toʻldirilgan. Tugʻlu Tekin Maqbarasi ostida sagʻana (3,15×4,15 m) bor. Unga yoʻlakdan kiriladi. Maqbaraning bizgacha yetib kelgan ravogʻi va unga tutash devor qoldiklari asosida 1960-y. larda qolgan qismlari qayta tiklangan (usta Sh. Isʼhoqov, meʼmor I. I. Notkin).

Tugʻlu Tekin maqbarasining koshinkori bezagi.

Ad: Nemsova N. B., Shvab Yu. Z., Ansambl Shaxi Zinda, Tugʻlu tekin maqbarasi, 1979.


Lotin alifbosida maqola: TUGʻLU TEKIN MAQBARASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
MEʼMORLIK
TEMURIYLAR
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты