TUGʻLUQ TEMUR

TUGʻLUQ TEMUR (? 1362 yoxud 1363) — Moʻgʻuliston davlati asoschisi va xoni (1348-y. dan). Sharqiy Turkistonda uning avlodlari 16-a. ning 70-y. larigacha hukmronlik qilgan. Chigʻaytoy ulusi parchalanishi jarayonida uning sharqiy qismida Amir Poʻlodchi yordamida Tugʻluq Temur tuzgan davlat tarkibiga Sharqiy Turkiston, Jan. Sibir va Yettisuv kirgan. 1360—1361-y. lardagi harbiy yurishlar natijasida T. T. Movarounnahrni egallagan. Tugʻluq Temur vafotidan soʻng oʻgʻli Ilyosxoja bilan boʻlgan kurashlarda Sohibqiron Amir Temur moʻgʻullarni Movarounnahr hududidan quvib chiqargan. Tugʻluq Temur vorislari faqat Sharqiy Turkistonga egalik qilganlar, xolos.


Lotin alifbosida maqola: TUGʻLUQ TEMUR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TEMURIYLAR
TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты