TUGʻMA MINERALLAR

TUGʻMA MINERALLAR — tabiatda sof holda uchraydigan kimyoviy elementlar. 30 dan ortiq kimyoviy element (xususan, metallar) Yer pustila Tugʻma minerallar holida uchraydi. Baʼzi gazlar va suyuq holatdagi elementlar (mas., simob) ham shu minerallar katoriga kiradi. Ular Yer pusti umumiy massasining taxm. 0,1%ini tashkil qiladi, shundan 0,04% azot va 0,01— 0,02% kislorod; qolgan qismi 0,05%. Baʼzi elementlar tabiatda koʻpincha tugʻma holda uchraydi. Bunday elementlardan geliy, neon, ksenon, radon, uglerod, azot, kislorod, oltingugurt, xlor, qalay, temir, kobalt, margimush, selen, radiy, palladiy, osmiy, iridiy, platina, oltin, simob, kumush, vismut asl elementlar deyiladi. Tugʻma minerallar kimyoviy xossalariga qarab 3 guruhga ajratiladi: metallar — oltin, kumush, mis, platina, temir, nikel va b. ; yarim metallar — margimush, surma, vismut; metalloidlar — uglerod, oltingugurt. T. m. ning hosil boʻlishi Yer poʻstidagi endogen va ekzogen jarayonlarda sodir boʻladigan turli fizik va kimyoviy sharoitlarga bogʻliq. Oʻzbekistonda oltin, kumush, uglerod (grafit), simob, qalay, qoʻrgʻoshin, temir, vismut kabi Tugʻma minerallar mavjud.


Lotin alifbosida maqola: TUGʻMA MINERALLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
NIKEL
OKEAN
PALLADIY
OSMIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты