TUGʻRUQXONA

TUGʻRUQXONA — davolash-profilaktika muassasasi. Ayollarga xrmiladorlik, tugʻruq va chilla davrlarida malakali tibbiy yordam (qatnab yoki statsionar sharoitda) koʻrsatadi hamda ularga xos ginekologik kasalliklarni davolaydi, shuningdek, chaqaloqlarni parvarish qilish va tegishli tibbiy yordam koʻrsatish ishlarini olib boradi. 1996-y. dan Oʻzbekistondagi mavjud Tugʻruqxonalar tugʻruq majmui (kompleksi) deb yuritiladi, ular boshka davolashprofilaktika muassasalari, xususan, oilaviy poliklinikalar bilan uzviy bogʻliq holda ish koʻradi, bu esa onalar va chakaloklar salomatligini muntazam nazorat qilish imkonini beradi. Koʻzi yoriydigan ayollarning turar joylaridan qatʼi nazar zarur hollarda tugʻruq majmuida zudlik bilan akusherginekologik yordam koʻrsatiladi (yana q. Onalar va bolalar muhofazasi, Tugʻruq, Tugʻruqqa yordam berish). Hozir Oʻzbekistonda 54 ta tugʻruq majmui, 1 ta perinatal markaz, tuman markaziy kasalxonalari tarkibida 185 ta tugʻruq boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda; Toshkent sh. da esa 9 ta yirik tugʻruq majmui va 2 ta perinatal markaz ishlab turibdi (2004).


Lotin alifbosida maqola: TUGʻRUQXONA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
ONALAR VA BOLALAR MUHOFAZASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты