VYURSBURG MAKTABI — 20-a. boshlarida psixologiya va falsafada yuzaga kelgan yoʻnalish. Asoschisi — Vyursburg un-ti (Germaniya) prof. O. Kyulpe. Uning rahbarligida K. Byuler, N. Ax, A. Messer, O. Zels, K. Marbe, G. Uott kabi taniqli psixologlar ijod etganlar. Vyursburg maktabi vakillari tafakkur va iroda xususiyatlariga taalluqli muammolar bilan mashgʻul boʻlgan. Tadqiqot uslubiyati oʻz-oʻzini eksperimental kuzatishdan iborat. Uning mohiyati qoʻyilgan savollarga sinaluvchi javob berish bilan chegaralanmasdan, balki bu jarayonda yuz bergan his-tuygʻularini ham izohdab berishini taqozo etardi. Eksperiment-tajribalar uchun ataylab mutaxassis psixologlar tanlab olingan. Vyursburg maktabi tafakkurni voqeiy olam hissiy timsoli, nutq bilan bogʻlanmagan ruhiy hodisa sifatida talqin qiladi. Vyursburg maktabi geshtaltpsixologiyagg taʼsir koʻrsatdi. Vyursburg maktabi 1901—09 y. larda faoliyat koʻrsatib, soʻngra tarqalib ketdi.