VYATKIN Vasiliy Lavrentyevich

VYATKIN Vasiliy Lavrentyevich [1869.18(30).8, Yettisuv – 1932.26.6, Samarqand] — arxeolog, prof. (1923). Toshkent oʻqituvchilar seminariyasini tugatgan (1894). Samarqand oʻlkani oʻrganish muzeyining tashkilotchisi (1896) va direktori. Vyatkin 1905—31 ylarda Afrosiyobda qazish ishlari olib borib, tadqiqotlari haqida «Afrosiyob — koʻhna Samarqand oʻrni» (1926) asarini yozgan. Ulugʻbek rasadxonasi (15-a.) oʻrnini aniqlagan va u yerda qazish ishlari olib borgan (1908—09, 1914); Samarqand meʼmoriy yodgorliklarini oʻrganish va muhofaza qilishga katta eʼtibor bergan («Mirzo Ulugʻbek va uning Samarqanddagi rasadxonasi», «Qadimgi Samarqand yodgorliklari», 1927, «Qadimgi Samarqand arxitekturasi», 1929). Buxoro (1920) va Xorazm (1929) da muhim arxeologik tadqiqotlar olib borgan. Oʻrta asrlarga doir koʻplab sharq qoʻlyozmalarini toʻplagan, sharhlagan va nashr ettirgan. Rus maktablari uchun «Oʻzbek tili darsligi» va «Fors tili darsligi»ni tuzgan (1923). Ulugʻbek rasadxonasi yoniga dafn etilgan.


Lotin alifbosida maqola: VYATKIN Vasiliy Lavrentyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
GEOGRAFIYA
TARIX
XORAZM VILOYATI
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты