TEGU

TEGU — Jan. Koreyadagi shahar, mamlakatning jan. sharqiy qismida. KyonsanPukto provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,4 mln. kishi (1996). Transport yoʻllari tuguni. Yengil va oziq-ovqat sanoatlarining yirik markazi: ipak va ip gazlama, koʻnteri, qogʻoz, tamaki, sholi oqlash, un tortish korxonalari bor. Rezina buyumlar ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (jumladan, stanoklar, qishloq xoʻjaligi., transport, toʻqimachilik, poligrafiya sanoatlari uchun jihozlar ishlab chiqarish.), rangli metallurgiya, harbiy, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Tegu yaqinidan toshkoʻmir va mis qazib olinadi. Oʻrta asrlarda qurilgan saroy va ibodatxonalar xarobalari, bogʻlar saklangan.


Lotin alifbosida maqola: TEGU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
ROSSIYA
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты