TYUMEN

TYUMEN — RF Tyumen viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Tura daryosidagi port. T. y. tuguni. Aholisi 501,4 ming kishi (1998).

T. Sibirda ruslar egallagan dastlabki shahar, 1586-y. da moʻgʻullar shahri Chingi Tura oʻrnida (14-a. dan maʼlum) vujudga kelgan. 1709-y. dan Sibir gubernyasi, 1782-y. dan Tobol noibligi tarkibida. 17-a. dan T. Sibir bilan Xitoy savdo yoʻlidagi muhim tranzit punkti. 19-a. ning 40-y. larida Sibirda dare paroxodchiligi ochilishi va 1885-y. da Yekaterinburg — T. temir yoʻl qurilishi munosabati bilan Tyumenning iqtisodiy ahamiyati oʻsdi. 19-a. ning 2yarmida Tyumenda kemasozlik, oʻrmon va baliq sanoatlari, gilam toʻqish keng rivojlandi. Shahar orqali don, un, koʻn va b. tashildi.

Muhim sanoat tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (motorsozlik ishlab chiqarish. birlashmasi; kemasozlik, mashinasozlik, priborsozlik, stanoksozlik, «Neftemash» va b. zavodlar), yogʻochsozlik, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoatlari, qurilish mashinalari, plastmassa, tibbiyot asbobuskunalari korxonalari va b. zdlar ishlab turibdi. Kamvolmovut kti, poʻstinmoʻyna, yigiruvtoʻr toʻqish, gilam, tikuvchilik, poyabzal fkalari bor. 1960-y. da elektr issiqlik markazi ishgatushirilgan. Tyumen — neftgaz qazib olish sanoati markazi. Tyumendan neft quvurlari oʻtgan. Shaharda 6 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi (1879-y. da tashkil qilingan), geol., neft va gaz muzeyi, kartinalar galereyasi faoliyat koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: TYUMEN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
YAPONIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты