TYUYAMUNIT

TYUYAMUNIT, tuyamuyinit (Fargʻona vodiysi Tuyamuyin koni nomidan) — uranli slyudalar guruhiga mansub mineral. Uran manbai. Kimyoviy tarkibi Ca[(UO2)2V2Og]58,5H2O. Romb singoniyada kristallanadi. Mayda tangachalardan iborat tuproqsimon massa holida boʻladi. Togʻ jinslari boʻshlikdarida qobiq va gardlar shaklida ham uchraydi. Sariq, baʼzan yashil, qigʻish rangda tovlanadi. Moʻrt. Qattikligi 2, zichligi 4,3 g/ sm3. Kuchli radioaktiv. Uran minerallari mavjud boʻlgan konlarning oksidlanish zonasida hosil boʻladi. Karnotit, vanadat, barit, gips va boshqalar bilan assotsiatsiyada uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: TYUYAMUNIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
YER
URAN
SLYUDALAR
RADIOAKTIV MINERALLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты