TOʻGARAK OGʻIZLILAR

TOʻGARAK OGʻIZLILAR (Cyclostomata) — jagʻsizlar katta sinfi ga mansub suvda yashovchi tuban umurtqali hayvonlar sinfi. Ilonbaliqqa oʻxshash tanasi shilimshiq ajratuvchi hujayralarga boy qalin teri bilan qoplangan. Skeleti togʻaydan iborat. Juft suzgich qanotlari yoʻq. Jabra orqali nafas oladi. Voronkasimon ogʻzini (nomi shundan) halqa togʻay tutib turadi; tishi muguzdan iborat; tili parmalovchi. Hid bilish organi xaltasimon. Bosh miyasi barcha umurtqalilarga oʻxshash boʻlimlardan iborat. Ayirish organlari — mezonefros buyraklar. Jinsiy bezlari toq, maxsus yoʻli boʻlmaydi. Tuxumlari suvda urugʻlanadi. Toʻgarak ogʻizlilar — balikdar yirtqichi yoki ektoparaziti. 2 turkum: minogalar va miksinalarta boʻlinadi.


Lotin alifbosida maqola: TOʻGARAK OGʻIZLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
BALIQLAR
HID BILISH
Tushda jinsiy aloqa korsa nima buladi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты