TOʻDAKOʻL SUV OMBORI — Navoiy viloyatidagi suv ombori. Buxoro sh. dan 26 km sharkdagi tabiiy soylikda, Quyimozor suv omborining jan. gʻarbida barpo etilgan. 1968-y. da ishga tushirilgan.
1977-y. da rekonstruksiya qilingan. Toʻliq hajmi 800 mln. m3. Suv yuzasining mayd. 17,5 km2, oʻrtacha chuq. 4,8 m. Toʻgʻoni bal. 4 m, maksimal suv chiqarish imkoniyati 46,0 m3/sek. Oʻrtachoʻl kanali orqali Zarafshon daryosining ortiqcha suvlarini jamgʻaradi, AmuBuxoro mashina kanali orqali Amudaryodan toʻldiriladi. Kanalning etak qismidagi yerlarni qoʻshimcha suv bilan taʼminlaydi. Tutashtiruvchi kanal orqali Quyimozor suv omboriga suv beradi. Toʻdakoʻl suv ombori suvi qisman minerallashgan. Toʻdakoʻl suv omborida baliqchilik xoʻjaligi bor.