TOʻYBOYEVA Sofya Erjonovna

TOʻYBOYEVA Sofya Erjonovna (1913.30.1, Qozogʻiston, Gʻazali sh. — 1996.25.10, Dushanba) — aktrisa, tojik milliy teatri asoschilaridan. Tojikiston xalq artista (1941). 20-y. larda Buxorodagi maktab havaskorlari, keyinroq mahalliy oʻzbek teatri spektakllarida qatnashgan. 1929—31 y. lar Hamza teatrida, 1931-y. dan Lohutiy nomidagi drama teatri aktrisasi. Julyetta («Romeo va Julyetta»), Luiza («Makr va muhabbat»), Dezdemona («Otello»), Lyubov Yarovaya («Lyubov Yarovaya»), Shi Pin («Tayfun»), Sarvara («Ona hukmi») kabi rollari bilan tanilgan. Kinoda Mehriniso xola («Men bir qizni uchratdim»), Bonu («Shoir qismati»), Saidabonu («Oʻgʻlim uylanish yoshida»), ona («Zumrad»), Xodima («Kul ostidagi choʻgʻ»), Nigoroyim («Mehrobdan chayon», «Oʻzbekfilm») va b. obrazlar yaratgan. 1968—84 y. lar Tojikiston teatr jamiyati raisi boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: TOʻYBOYEVA Sofya Erjonovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOJIKISTON
QOZOGʻISTON
Manzura - Romeo
TEATR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты