TOʻYINGAN ERITMA

TOʻYINGAN ERITMA — maʼlum sharoitda (tra va bosimda) erigan moddalar bilan barqaror muvozanatli eritma. Mas., tuzning suvdagi eritmasida ayni tuzning kristallari mavjud boʻlgan eritma; gazning suvdagi eritmasidan ushbu gaz oʻtkazilgan eritma. Eritmaning maʼlum massa miqdorida yoki maʼlum hajmida erigan modda mikdori eritmaning konsentratsiyasi deyiladi. Toʻyingan eritma konsentratsiyasi, yaʼni undagi erigan modda miqdori uning eruvchanligi deb ataladi. Maʼlum sharoitlarda suvda yoki erituvchida moddaning erishi davom etea va shu modda kristallari hosil boʻlmasa, yaʼni erigan moddalar mikdori Toʻyingan eritma konsentratsiyasidan kam boʻlgan eritma toʻyinmagan eritma deyiladi. Eritma astasekin soviganda unda erigan moddalarning kristallanishisodir boʻlmasligi mumkin, u holda oʻta toʻyingan eritma hosil boʻladi. Oʻta toʻyingan eritmada Toʻyingan eritmaga qaraganda erigan modda koʻproq; bunday eritmaga juda oz miqdorda erigan modda kristallari kiritilsa, eritmada kristallarning choʻkishi roʻy beradi.


Lotin alifbosida maqola: TOʻYINGAN ERITMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ERITMALAR
TOSHKENT
KIMYO
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты