TOʻYTEPA

TOʻYTEPA — Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanik&tch shahar (1973-y. dan), tuman markazi. Toshkentdan 37 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Chigʻiriq (5 km). Aholisi 25,3 ming kishi (2004).

Qad. da T. Mingtepa, Nukat nomlari bilan maʼlum boʻlgan. Shahar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar uning rivojlangan davri (10—12-a. lar)ga toʻgʻri keladi. Shaharda 8 sanoat korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Ishlab chiqarish. birlashmalari, metall konstruksiyalari, paxta tozalash zdlari, don qabul qilish korxonasi ishlab turibdi. 3 ta yengil sanoat korxonasi, 2 ta oʻquvtajriba korxonasi va b. bor. Qoʻshma korxonalardan Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi «Husayn Mirzo», «Kabul—Toʻytepa LTD» ip yigiruvtoʻquv, Oʻzbekiston — Turkiya «Bursel» (erkaklar koʻylaklari tikiladi) qoʻshma korxonalar mashhur. Toʻytepada 200 dan ortiq davlat va xususiy tijorat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 4 umumiy taʼlim maktabi, kattalar va bolalar kutubxonalari, madaniyat uyi, 3 kasalxona, 3 poliklinika bor.

Toʻytepa avtomobil yoʻllari orqali Toshkent sh. va b. shaharlar bilan bogʻlangan. Toʻytepa yaqinidan Toshkent — Angren t. y. oʻtadi. Shaharning jan. gʻarbida Tuyaboʻgʻiz suv ombori («Toshkent dengizi») joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: TOʻYTEPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
TURKIYA
QORAQALPOGʻISTON
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты