TOʻLAGANOV Ahror Toʻlaganovich

TOʻLAGANOV Ahror Toʻlaganovich (1908.23.9 Toshkent 1990.18. J) zoolog, fitogelmintolog olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1950). Biol. fanlari dri (1947), prof. (1948). SamDUni tugatgach (1931), umurtqasiz hayvonlar kafedrasida aspirant, assistent, dotsent va mudir (1931—41), Maorif xalq komissarligida boshqarma boshligʻi (1942—43). Oʻrta Osiyo untida umurtqasiz hayvonlar kafedrasi (1941-y. dan) va fitogelmintologiya problematik lab. mudiri (1959-y. dan). Oʻzbekiston FA Botanika va zoologiya inti gelmintologiya lab. mudiri (1945—57), SamDU rektori (1957—63). ToshDU umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi mudiri (1963—88), ToshDU biol. fti dekani (1973—74). Ilmiy ishlari tuproq va oʻsimlikxoʻr nematodalarni oʻrganishga bagʻishlangan. 25 ga yaqin nematodalarning yangi turlarini kashf etgan. Uning rahbarligida Oʻzbekiston hududida uchraydigan oʻsimlik va tuproq nematodalari katalogi tuzilgan; kanop, gʻoʻza va sabzavot ekinlari parazit nematodalariga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1974).

As: Rasteniyeyadnыye i pochvennыye nematodы Uzbekistana, Toʻlaganov, 1949; Nematodы selskoxozyaystvennыx kultur Uzbekistana i borba s nimi, Toʻlaganov, 1958; Fitonematodы Uzbekistana, Toʻlaganov, 1975.


Lotin alifbosida maqola: TOʻLAGANOV Ahror Toʻlaganovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
GEOGRAFIYA
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты