TOʻLAGANOV Gʻani Olimovich

TOʻLAGANOV Gʻani Olimovich (1935.29.5, Toshkent) — dirijyor, sozanda. Oʻzbekistonda (1984), Qoraqalpogʻistonda (1987) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Toshkent konservatoriyasini qashqar rubobi ijrochiligi (1959) va operasimfonik dirijyorligi (1964) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. «Shodlik» ansamblida sozanda (1951—59), Oʻzbekiston konservatoriyasida oʻqituvchi (1959-y. dan), prof. (1999-y. dan). Samarkand opera va balet teatrida bosh dirijyor va badiiy rahbar (1964—70). Navoiy teatrida dirijyor (1976—92), Oʻzbek davlat filarmoniyasi direktori va badiiy rahbari (1979—84), Oʻzbekiston konservatoriyasi qoshidagi musiqali teatr studiyasi direktori (1996—2003). Dirijyor sifatida bir necha opera va balet spektakllarini, birinchi boʻlib oʻzbek kompozitorlari asarlarini (S. Boboyevning «Yoriltosh» va «Fidoiylar», U. Musayevning «Mangulik», N. Zokirovning «Raqiblar», Ham. Rahimovning «Zafar», Ik. Akbarovning «Sugʻd elining qoploni», M. Burhonovning «Alisher Navoiy» operalari, U. Musayevning «Afsonalar vodiysi» baleti) sahnalashtirgan.


Lotin alifbosida maqola: TOʻLAGANOV Gʻani Olimovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
RAJABIYLAR
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты