TOʻLAN NIZOM

TOʻLAN NIZOM (taxallusi; asl ismsharifi Nizomiddinov Toʻlanboy) (1939.17.8, Quva tumani) — Oʻzbekiston xalk, shoiri (1998). Andijon pedagogika intini tugatgan (1965). Yoshlar tashkilotlarida rahbar (1965 — 76), tuman xalq taʼlimi boʻlimida mudir (1976—83), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimida masʼul kotib (1983—85), Boʻz ped. bilim yurtida direktor (19852001). Birinchi sheʼriy toʻplami — «Sening ertaklaring» (1970). Shundan soʻng Toʻlan Nizomning «Iftixor» (1982), «Oy qizlar» (1988), «Muqaddas ruh» (1993), «Vatan tuygʻusi» (1993), «Chaman ichra», «Akssado», «Intizorlik» (1994), «Daqr bogʻi» (1995), «Saylanma» (1998) kabi sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. Toʻlan Nizom soʻnggi yillarda liroepik janrlarda samarali ijod qilib, Bobur, Mashrab, Choʻlpon, Mirtemir, Usmon Nosir, S. Zunnunova, M. Yusuf singari siymolarga bagʻishlangan «Choʻlpon», «Majnuntol yigʻisi», «Ruhi ravonim» (1993), «Uch soʻz» (1995), «Oq gul», «Botmay qolgan oy» (1996), «Alisher» (2003) singari doston va lirik qissalarini yezdi. «Non hidi» (1998), «Suhbat» va Qamchiq dovoni qurilishiga bagʻishlangan «Dovon» (2002) dostonlari muallifi. «Mexdsht shuxrati» ordeni bn mukofotlangan (2003).


Lotin alifbosida maqola: TOʻLAN NIZOM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ANDIJON VILOYATI
TOSHKENT
BOBUR
Hosila Rahimova - Chaman ichra


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты