TOʻLDIRUVCHI

TOʻLDIRUVCHI (tilshunoslikda) — gapning ot yoki otlashgan soʻz bn ifodalanadigan, harakatning obyekti boʻlgan predmetni koʻrsatib, asosan kesimga bogʻlanadigan boʻlagi. U oʻzi bogʻlangan soʻz (kesim)ga nisbatan grammatik tobe munosabatda boʻladi. Boshqaruvchi soʻzga bogʻlanish xarakteriga koʻra, Toʻldiruvchi 2 xil boʻladi; vositasiz Toʻldiruvchi va vositali T. Vositasiz Toʻldiruvchi tushum kelishigidagi soʻz bn ifodalanadi va harakat bevosita yoʻnaltirilgan obyektni koʻrsatadi, oʻtimli feʼl kesimga bogʻlanib, kimni? nimani? qayerni? soʻroklariga javob beradi. Qiyoslang: Vali akasini koʻrdi. Tushum kelishigi belgisiz ham qoʻllanishi mumkin; Karim kitob sotib oldi. Vositali Toʻldiruvchi joʻnalish, chiqish va oʻrinpayt kelishiklaridagi soʻzlar yoki koʻmakchi olgan soʻz bn ifodalanib, harakatholat bevosita yoʻnaltirilmagan obyektni anglatadi. Maye: Akamga shaxmat oʻyini yoqadi; Bizdan doʻstlarga salom deng; Karim ruchka bn yezdi.


Lotin alifbosida maqola: TOʻLDIRUVCHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FEʼL
SHAXMAT
TOSHKENT
GRAMMATIKA
SOʻZ TURKUMLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты