TOʻLQINLAR — fazoda chekli tezlik bn tarqaluvchi modda yoki muhitning holat oʻzgarishlari. Toʻlqinlarning tarqalish jarayonida energiya fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuktasiga uzatiladi, ammo zarralari koʻchmaydi. Turli xil (mexanik, issiqlik, elektromagnit) holat oʻzgarishlariga turli xil Toʻlqinlar moye keladi. Elastik Toʻlqinlar, sirtiy Toʻlqinlar, elektromagnit Toʻlqinlar turlari keng tarkalgan. Elastik deformatsiyalarni gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda tarqalishi elastik Toʻlqinlar deyiladi. Tovush T. i va Yer qobigʻidan seysmik Toʻlqinlar elastik Toʻlqinlarning xususiy xoli hisoblanadi. Ikki muhit chegarasi sirti boʻylab tarqaluvchi Toʻlqinlar sirtiy Toʻlqinlar dir. Elektromagnit toʻlqinlar — xususan radio toʻlqinlar, yorugʻlik T. i, ultrabinafsha Toʻlqinlar, rentgen va gamma T. — tarqalayotgan oʻzgaruvchi elektromagnit maydonlardan iborat. Bulardan tashqari gravitatsion toʻlqinlar ham mavjud. Toʻlqin jarayonlari fizik hodisalarning deyarli barcha sohalarida uchraydi. Toʻlqinlarni oʻrganish fizika va texnika fanlari uchun muhim.
Muayyan vaqt oraliklarida takrorlanib turadigan harakatlar tebranishlar deyiladi. Tebranishlar Toʻlqinlar tarkalish yoʻnalishi boʻyicha boʻlsa, boʻylama Toʻlqinlar, (rayem, a), tarqalish yoʻnalishiga perpendikulyar boʻlsa, koʻndalang Toʻlqinlar deyiladi (rayem, b). Boʻylama Toʻlqinlar tarqalayotganda muhit zarralari Toʻlqinlar tarqalayotgan yoʻnalish boʻylab tarqaladi. Koʻndalang Toʻlqinlarda esa muhit zarralari Toʻlqinlar yoʻnalishiga perpendikulyar yoʻnalish boʻylab tebranadi. Gazlar, suyuqliklardagi elastik Toʻlqinlar boʻilama Toʻlqinlar dir. Qattiqjismlardagi elastik Toʻlqinlar (jumladan, Yerning seysmik Toʻlqinlari) boʻylama Toʻlqinlar shaklidagina emas, koʻndalang T. ham boʻlishi mumkin (muhit zarralarining tebranishlari T. tarqalishi yoʻnalishiga perpendikulyardir). Elektromagnit T. koʻndalang T. dir, ularda tebranuvchi elektr maydon va magnit maydon kuchlanganliklarining yoʻnalishlari T. tarqalishi yoʻnalishiga perpendikulyar boʻladi. Mexanik T. manbai tashqi kuch taʼsirida holati oʻzgarishga moyil boʻlgan chekli jism va moddalar boʻlib, elektromagnit T. manbai tebranish konturi va harakatlanayotgan zaryadlar hisoblanadi. Toʻlqinlarning xossalarini oʻrganishda uning parametrlaridan, yaʼni amplitudasi, uzunligi, chastotasi, uning tarqalish tezligi, fazasi, toʻlqin vektori va b. kattaliklardan foydalaniladi. Toʻlqinlar chastotasi, fazasi yoki amplitudasining oʻzgarishini T. modulyatsiyasi deyiladi. Aniq parametrning oʻzgarishiga qarab moye modulyatsiya — chastota modulyatsiyasi, faza modulyatsiyasi, amplituda modulyatsiyasi roʻy beradi.
Ixtiyoriy shakldagi har qanday T. garmonik T. yigʻindisi deb qaralishi mumkin. Vaqtning har bir momentida fazoning cheklangan kichik qismidagi juda yaqin chastotalarga ega T. tizimi T. guruhi yoki T. paketi deyiladi. Umuman T. fronti va T. paketining biror, mas., maksimal amplitudasi turli tezliklar bn tarqaladi. Toʻlqinlar fronti tezligi biror oʻzgarmas faza tezligidir, shu sababli bu tezlik fazaviy tezlik deyiladi. Toʻlqinlar paketiga tegishli aniq amplituda tezligi guruhiy tezlik deyiladi. Toʻlqinlar tarqalishida energiya guruhiy tezlik bn tarqaladi.
Turli T. uchun interferensiya, difraksiya, sinish, qaytish, qutblanish va b. hodisalar bir xil krnuniyatlar asosida boradi. Toʻlqinlarning gravitatsion va glyuon turlari tajribada tasdiklanmagan.
Ad: Vinogradova M . B ., Rudenko O. V., Suxorukoye A. P., Teoriya voln, M., 1973; Isakevich M. A., Obщaya akustika, M., 1973; Braginskiy V. B., Polparev A. G., Udivitelnaya gravitatsiya, M., 1987.
Nazar Toʻrayev.