TOʻLGʻAMA

TOʻLGʻAMA — jang chogʻida gʻanim kuchlarini qanotlardan aylanib oʻtish, yon va orqa tomondan zarba berish. Oʻrta ayerlarda moʻgʻul va turkiylar, xususan, shayboniylar tarafidan muxrrabalarda muttasil qoʻllangan maxsus harbiy taktik amaliyot. Amir Temur armiyasida bunday taktik amaliyotni amalga oshiruvchi alohida qism mavjud boʻlgan va u qunbul (qutbul) atamasi bn nomlangan. Toʻlgʻamaga binoan, dushman kuchlari qanotlardan kuchli hujumga uchragan va parokanda qilingan. «Toʻlgʻama» atamasi «Boburnoma»sa qayd etilgan. Shayboniyxon tomonidan aynan Toʻlgʻamaning qoʻllanishi natijasida 1500-y. Saripulda boʻlgan jangda Bobur magʻlubiyatga uchragan edi. «Boburnoma»da yozilishicha: «Oʻzbekning urushda bir ulugʻ hunari ushbu toʻlgʻamadur, hech urushi toʻlgʻamasiz boʻlmas». Bobur ushbu taktik amaliyotni keyinchalik oʻzlashtirgan va qator janglarda, xususan, 1526-y. Panipatda sulton Ibrohim Loʻdiy bn boʻlgan toʻqnashuvda qoʻllagan.


Lotin alifbosida maqola: TOʻLGʻAMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
BOBUR
HARBIY SANʼAT
TEMURIYLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты