TOʻMARIS UYINLARI FESTIVALI

«TOʻMARIS UYINLARI» FESTIVALI — Oʻzbekistonning milliy sport oʻyinlari musobaqalaridan biri. 2 y. da bir marta oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Magʻkamasining «Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularni huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish choratadbirlari» davlat dasturi (1999-y. 18 fev.) asosida tashkil qilingan. Maqsadi — xotinqizlar salomatligini mustahkamlashga yordamlashish bn bir qatorda ular orasidan mahoratli sportchi qizlarni tayyorlashdir. Festivalda xalq milliy harakatli uyinlari «Otib qochar», «Otishma», «Tortishmachoq», arqonda sakrash, toʻp uloqtirish, qul kuchini sinash, «Barchinoy testlari» boʻyicha musobaqalar buladi. Festival nizomiga kura, musobaqa 3 bosqichda oʻtkaziladi: 1-bosqich tumanlar miqyosida tashkil qilinadi. Tuman musobaqasi gʻoliblari 2bosqichda viloyat musobaqalarida qatnashadilar. Krraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent sh. musobaqalari gʻoliblari 3bosqich — respublika final bahslarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritadilar. 1«T. oʻ.» f. Ayollar yiliga bagʻishlanib Jizzax sh. da boʻldi (1999-y. 11 — 13 noyab.). 2«T. oʻ.» f. 2001-y. 20—25 okt. da Shahrisabzdagi «Hisor» stadionida hamda q. x. kollejida boʻlib oʻtdi. 3«T. oʻ.» f. Namangan viloyatining Uychi tumanida oʻtkazildi (2003-y. 26—29 iyun).


Lotin alifbosida maqola: TOʻMARIS UYINLARI FESTIVALI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
XITOY
ALPOMISH OʻYINLARI FESTIVALI
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты