TOʻNGA TURON

TOʻNGA TURON (xitoy yilnomalarida Tunlo Dulan, Yun Yuylyuy (Yun Ulugʻ) ) — Turk xoqonligi hukmdori (588600). Ishbara xoqon (581587)ning oʻgʻli, Bumin xoqonnivg evarasi. Uning davrida ashina xonadoni aʼzolari oʻrtasida ichki kurashlar avjga chiqqan boʻlsada, hukmdorligining oxirgi yillarida Xitoyga qarshi bir necha marotaba muvaffaqiyatli safar uyushtirilgan. Shuningdek, xokrnlik 2 qismga Gʻarbiy va Sharqiy Turk xoqonligiga boʻlinib ketish arafasida boʻlgan. Ayniqsa, Istami yabgʻuning oʻgʻli Tardu (Qorachoʻrin Turk) xoqon (576—603) xoqonlikning gʻarbiy qismida yakka hokimlik oʻrnatishga va Ishbara xoqonning hukmdorligini tan olmaslikka harakat qiladi va birmuncha muvaffaqiyatga erishadi.

Ad.: Gumilev L. N., Drevniye tyurki, M, 1967.


Lotin alifbosida maqola: TOʻNGA TURON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TURK XOQONLIGI
XITOY
QORACHOʻRIN
ISTAMI XOQON
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты