TOʻNGʻIZLAR

TOʻNGʻIZLAR, qobonlar yovvoyi choʻchqalar (Suidae) — kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar oilasi. Tumshugʻi uzun, uchi doyra shaklidagi yassi va tuksiz harakatchan togʻaydan iborat. Tanasidagi junlari siyrak, asosan, dagʻal qillardan iborat. Yuqori jagʻlaridagi qoziq tishlari yaxshi rivojlangan, uzun, yuqoriga qayrilgan. Oyoklari 4 barmoqli, yon barmoklari (2 va 3 sm) kaltaroq boʻlib, yerga zoʻrgʻa tegib turadi. Oshqozoni oddiy. 5 urugʻi: T., soʻgalli Toʻngʻizlar, babirussalar, tukquloq Toʻngʻizlar, oʻrmon T. maʼlum. Keyingi 4 uruqka bittadan tur, birinchi uruqqa 3 tur; soʻgalli Toʻngʻizlar (Malakka yarim orolida), karlik T. (Himolayda) va yovvoyi Tʻ. (Shim. Afrika va Yevrosiyoda) kiradi. Oʻzbekistonda Toʻngʻizlar tog oʻrmonlari va toʻqaylarda yashaydi.


Lotin alifbosida maqola: TOʻNGʻIZLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ROSSIYA
XITOY
JANUBIY AFRIKA RESPUBLIKASI
AFRIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты