TOʻNGʻIZTAROQ

TOʻNGʻIZTAROQ (Dipsacus) — toʻngʻiztarokdoshlarga mansub ikki yillik yoki koʻp yillik tikanli oʻtlar turkumi; texnika ekini. Yevropa (Oʻrta dengiz), Jan. Sharqiy Osiyo va Afrikada 15 — 20 turi oʻsadi. Oʻzbekistonda koʻproq kesik Toʻngʻiztaroq (D.laciniata L.), togʻ zonasining mayin va nam tuprokli yon bagʻirlarida Toʻngʻiztaroqning koʻkbinafsha rang gulli turi (D.ozureus Schrenk.) uchraydi. Tarkibida 0,3% gensianin va eritrotsinga oʻxshash alkoloid bor. Boʻyi 100 — 250 sm. Poyasi tik usadi, tepa qismi shoxlangan. Ildiz boʻgʻzidagi toʻpbarglar bandli, choʻziq tuxumsimon, 5—8 sm. Oʻrama barglari bigizeimon — nashtarsimon. Guli och binafsha yoki oqish. Iyulavg. oylarida gullab, avg. — sentda meva tugadi. Butazorlarda, dare boʻylarida usadi. Sholipoya, bogʻlarda begona oʻt tarzi da uchraydi. Oʻrta Osiyoda qisman ekma Toʻngʻiztaroq Toʻngʻiztaroq. (D. fi llonum) kichik maydonlarga ekiladi. Qubbasi toʻqimachilik sanoatida gazlama tuk (pat) larini tarashda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: TOʻNGʻIZTAROQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
BEGONA OʻTLAR
YEVROPA
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты