TOʻRABEKXONIM MAQBARASI

TOʻRABEKXONIM MAQBARASI, Soʻfilar sulolasi maqbarasi — Koʻhna Urganchsagi meʼmoriy yodgorlik (1333). Urganch hokimi Qutlugʻ Temur xotini, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qizi Toʻrabekxonim nomi bn bogʻlangan. Maqbara bizgacha ancha vayrona holda yetib kelgan. Peshtoq orqali moʻjaz miyonsaroyga, undan olti qirrali katta xonaqohga oʻtiladi. Xona ichiga chuqur ravoqli tokchalar ishlangan. Tashqarisi 12 qirrali, har tomoniga chuqur ravoqlar ishlangan. Poygumbazi 24 qirrali, kulohiy gumbazli (sharqiy qismi saqlangan), bezaklarida nafis koshinkori naqshlar, muqarnaslar qoʻllanilgan. Toʻrabekxonim maqbarasi 14-a. Xorazm meʼmorligining yuksak badiiy mahorati aks ettirilgan noyob yodgorlik namunasidir.


Lotin alifbosida maqola: TOʻRABEKXONIM MAQBARASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
XORAZM VILOYATI
XALQ IJODI
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты