TOʻRAYEV Isʼhoq Latipovich

TOʻRAYEV Isʼhoq Latipovich (1960. 24.2, Shaxrisabz tumani) —aktyor, rej. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1998). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1983). Uz faoliyatini 1976—77 y. larda Shaxrisabz xalq teatrida havaskor aktyor sifatida boshlagan. 1983—85 y. lar Surxondaryo teatrida, 1985—87 y. lar Qashqadaryo teatrida aktyor. 1991—93y. larda «Muloqot» teatrstudiyasida aktyor, rej. yordamchisi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 1993-y. dan «Eski machit» teatrstudiyasining badiiy rahbari. «Ayol apvasti yoxud haroratli ayiq» (P. Merime), «Shayx Sanʼon» (oʻzi Shayx Sanʼon rolida, F. Attorning «Mantiq uttayr», Navoiyning «Lison uttayr» dostonlari asosida), «Nayman ona nidosi» (Joʻlamon rolida, Ch. Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» asari asosida, «Krbil va Hobil» (Qobil rolida, Bayronning «Kain» asari asosida), «Raqsu samoʼ» (Shoh Bahrom rolida, Navoiyning «Sabʼai sayyor» asari asosida) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. «Manqurtlarga bermang dunyoni» nomli teatrlashgan tomoshasi mamlakatimizning barcha viloyatlarida namoyish etildi.


Lotin alifbosida maqola: TOʻRAYEV Isʼhoq Latipovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
FRANSIYA
ESKI MACHIT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты