TOʻRAMON

TOʻRAMON, Toromana (?—515) — eftaliplar sardori (490—515). Mil. 5-a. oʻrtalarida eftaliylar xioniylar (oq hunlar) bn ittifoq tuzganlar. Oʻrta Osiyoni zabt etgach, ular Kobul vodiysidagi kushonshohlar mulkini tobe etib, Hindistonga yurish boshlagan va u yerdagi soʻnggi yirik quldorlik davlati — Guptalar davlatini bosib olishga kirishganlar (490). 5-a. oxiri — 6-a. boshida Toʻramon bu davlatning katta qismini bosib olishga erishgan. T. Markaziy Hindistondagi Malava viloyatini egallab olgan. Shu tariqa eftaliylarning hind tarmogʻi Shim. Gʻarbiy Hindistonda yarim mustaqil davlat tuzgan, u qarorgohi Buxoro yaqinidagi Poykendsa boʻlgan eftaliylarning oliy hukmdoriga maʼlum maʼnoda qaram boʻlgan. Toʻramonning oʻgʻli Mixirakula Shakala sh. (hoz. Sialkot)ni oʻziga poytaxt qilgan.


Lotin alifbosida maqola: TOʻRAMON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты