TOʻRAQOʻRGʻON

TOʻRAQOʻRGʻON — Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1979-y. dan). Tuman markazi. Viloyat markazi (Namangan sh.) dan 12 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Toʻraqoʻrgʻon (5 km). Aholisi 22,6 ming kishi (2004). Shahar yonidan Kosonsoy oqib oʻtadi.

Toʻraqoʻrgʻonda «OhangarIII», «Koopagrofirma» aksiyadorlik jamiyatlari, «Shirinlik» Oʻzbekiston—Gollandiya, «Axsikent» qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 6 qurilish korxonasi, 55 savdo, 25 umumiy ovqatlanish, 62 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, q. x., kurilish va maishiy xizmat koʻrsatish, kasbhunar kollejlari va iqtidorli bolalar litseyi, 6 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat saroyi, 2 muzey, 4 kutubxona, 7 tibbiyot muassasasi, shu jumladan, markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez yordam markazi boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Shahar yonidan Namangan — Toshkent avtomagistrali oʻtgan. Namangan — T. yoʻnalishida trolleybuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: TOʻRAQOʻRGʻON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
NAMANGAN VILOYATI
ANDIJON VILOYATI
XORAZM VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты