TOʻRAQOʻRGʻON TUMANI — Namangan viloyatidagi tuman. Viloyatning gʻarbida joylashgan. 1936-y. 17 fev. da tashkil etilgan. 1962-y. 24 dek. da Namangan tumani bn birlashtirilgan.
1970-y. 7 dek. da qayta tuzildi. Sharqdan Namangan tumani va qisman Namangan sh., jan. dan Mingbuloq, gʻarbdan Chuyet, shim. dan Kosonsoy tumanlari bn chegaradosh. Mayd. 0,33 ming km2. Aholisi 170 ming kishi (2004). Toʻraqoʻrgʻon tumanida 1 shahar (Toʻraqoʻrgʻon), 1 shaharcha (Oktosh), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Axsi, Buramatut, Yortepa, Qatagʻonsaroy, Sayram, Xolmatov, Xoʻjand, Shahand) bor. Markazi — Toʻraqoʻrgʻon sh.
Tabiati. Tumanning shim. sharqiy va jan. qismi tekislik, gʻarbiy qismi esa togʻ etaklari va Yertikan, Bogʻibaland, Kengkoʻlsoy, Nahor va Rezaksoy adirlaridan iborat. Tuproqlari boʻz va shagʻal tuproqlar. Iklimi keskin kontinental, yanv oyining oʻrtacha trasi —2°, —3°, eng past tra —29°. Iyul oyining oʻrtacha trasi 26,3°, eng yuqori tra 42°. Yillik yogʻin 188 mm. Vegetatsiya davri 229 kun. Tuman hududining jan. qismidan Sirdaryo, shim. dan Kosonsoy, gʻarbiy qismidan Sumsarsoy soylari oqadi. Tuman hududidan Shim. Fargʻona, Mosh kanallari, shim. qismidan Katta Namangan kanali oʻtgan.
Yovvoyi oʻsimliklardan adirlarda rang, qoʻngʻirbosh, shaytonkavush, oqquray, oqshuvoq, mingbosh; pashmak, baliqkoʻz, seta, pashmakshoʻra, yulgʻun, Sirdaryo sohillarida yantoq, qamish va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan kalamush, qoʻshoyoq, koʻrsichqon, boʻrsiq, boʻri, tulki, jayra; ilon va kaltakesaklar, qushlardan chumchuq, chugʻurchiq, soʻfitoʻrgʻay, popishak, bedana, bulbul, soch, qargʻa, gʻoz, loyxoʻrak, qirgʻovullar bor.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, uygʻur, ukrain, yahudiy va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 515,1 kishi (2004).
Xoʻjaligi. Toʻraqoʻrgʻon tumanida yirik sanoat va qurilish tashkilotlaridan «OhangarIII», qishloq xoʻjalik mashinasozligi, gʻisht zavodi, qishloq qurilish kti, «Koopagrofirma», paxta tozalash zdi, «Qishloqxoʻjalik kimyo», «ToʻraqoʻrgʻonDehqonmashtaʼminot», Toʻraqoʻrgʻon MTP korxonalari, Shirinlik» Uzbekistan—Gollandiya, «Axsikent» Oʻzbekiston—Turkiya qoʻshma korxonalari, qishloq qurilish konstruksiyalari kti, «Shams» gugurt fkasi, noruda materiallar karyeri, Oqtosh avtomobil yoʻlidan foydalanish boshqarmasi mavjud.
Tumanda 147 ta davlat korxonasi, 21 ta aksiyadorlik jamiyati, 421 ta xususiy korxona, 5 qoʻshma korxona, 259 fermer, 221 dehqon xoʻjaligi va b. mavjud (2003).
Q. x. ning asosiy tarmoqlari — paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik va bogʻdorchilik. Tumanda 10 paxtachilik, 2 bogʻdorchilik va tokchilik shirkat xoʻjaliklari bor. 6450 ga yerga paxta, 5076 ga yerga don, 1317 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi. 1609 ga yer bog va tokzorlar bn band (2003). Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 30,3 ming qoramol, 34,6 ming qoʻy va echki, 52,6 ming parranda va 331 yilqi boqiladi (2003). Toʻraqoʻrgʻon tumani orqali Toshkent — Namangan — Andijon poyezdi oʻtadi.
Tumandagi 59 umumiy taʼlim maktabida 43 ming oʻquvchi taʼlim oladi. Toʻraqoʻrgʻon q. x. kasbhunar kolleji (1100 oʻquvchi), kasbhunar litseyi (500 oʻquvchi), Shahand q. x. kasbhunar kolleji (400 oʻquvchi), Xoʻjand sanoattransport kasbhunar kolleji (400 oʻquvchi), «Kamalak» bolalar istirohat bogʻi, 56 kutubxona, Ibrat adabiyot muzeyi, shonshuhrat va ustozmurabbiylar muzeylari, madaniyat saroyi faoliyat koʻrsatadi (2003).
Sport, kurash maktablari, 2 stadion, 30 sport zali, 69 futbol maydoni, 36 qoʻl toʻpi maydoni, 7 tennis korti, 18 gimnastika maydoni, 24 mini futbol, 25 basketbol maydoni, 2 suzish havzasi mavjud.
Tumandagi 28 tibbiyot muassasasida 281 vrach (har 10 ming aholiga 17 vrach), 1281 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. «Shahand» sanatoriysi faoliyat koʻrsatadi. Meʼmoriy yodgorliklardan Toʻraqoʻrgʻon tumanida Gʻoyibnazarqozi madrasasi (1892), Falosbonbuva (1860), Langarbibi maqbaralari (18a), Sirli (1895), Baland (1895), Omonboybuva (1890), Bozorboshi (1860), Mirza Hamdam (1883), Isoqxontoʻra (1806) masjidlari; qad. Axsikat sh. ning xarobalari bor. 1971-y. 1 sent. dan tuman «Davr» gaz. nashr etiladi (adadi 5000).