TOʻRTKOʻLTEPA — Toshkent viloyatidagi shahar xarobalari. T. I — Yangiyoʻl sh. gʻarbida joylashgan. Kurkuldaq irmogʻi chap soxilida kvadrat (400×400) tarhli qalʼa, yirik xom gʻishtdan (46— 52×25 — 26×10—12 sm) qurilgan devor bn oʻralgan. Yu. F. Buryakov oʻrgangan (1977). Devor poydevorining qalinligi 8 m, saqlanib qolgan bal. 8 m. Devorga yondosh qilib supali xonalar qurilgan.
Ularda jangchilar yashagan. Qovunchi madaniyatitz. tegishli sopol buyumlar chiqqan.
Toʻrtkoʻltepa (Shaharbobo) — Ohangaron daryosining chap sohilida joylashgan. Strategik qulay balanddikda, daryoning quyilish yeriga yaqin joyda, 2 tomondan daryo oʻzani va koʻshimcha kavlangan xandaq bn oʻralgan. ShoshIloq ekspeditsiyasi tomonidanʻ aniqlangan (1975). Shim. gʻarbdan — jan. sharqqa qarab 750 m ga choʻzilgan, kengligi 300 m dan ziyod. Shaxristonning bal. 18 m gacha. Shim. qismida toʻrtburchak (75×80 m) tarxli, bal. 22 m gacha boʻlgan qalʼa joylashgan.
Toʻrtkoʻltepa (Unjaket) — Chirchiqdaryosi etagidagi Gul qishlogʻida joylashgan. Yu. F. Buryakov tomonidan aniqlangan (1971). 1972-y. da kavlash ishlari olib borilgan. Qalʼaning paxsa devori koʻtarma poydevor ustiga qurilgan. U 9-a. oxiri — 10-a. dan 13-a. boshigacha mavjud boʻlgan. Qalʼa va shahriston yongʻindan xarobaga aylangan. 15—17-a. larda Toʻrtkoʻltepada hayot bir oz jonlangan.