TOʻRQANOTLILAR

TOʻRQANOTLILAR (Neuroptera) toʻla oʻzgarish bn rivojlanuvchi hasharotlarning turkumi. 500 ga yaqin turi maʼlum. Asosan, tropik mamlakatlarda koʻp tarqalgan. Tanasining uz. 2—20 mm, qanotlari yozilganda 6—75 mm. 4 ta pardali qanotida tomirlari toʻrsimon joylashgan (nomi shundan). Katta yoshdagilarinint ogʻiz apparati kemiruvchi tipda, lichinkalari sanchib soʻruvchi. Yetuk hasharotlar quruqlikda yashaydi. Lichinkalari suv qirgʻogʻida, oʻsimliklarda (tillakoʻzlar), kanallar va cherveslar koloniyasida, chuchuk suv bulutlarida rivojlanadi. Toʻrqanotlilar yirtqich; hasharotlar va b. boʻgʻimoyoklilar bn ovqatlanadi. Lichinkalari tutgan oʻljasini jagʻlari bn tishlab yaralaydi va shu yara orqali hazm shirasini yuboradi, tayyor suyuq mahsulotni soʻradi. Zararkunandalarni yeb, foyda keltiradi.


Lotin alifbosida maqola: TOʻRQANOTLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HASHAROTLAR
TOSHKENT
FOYDA
ENTOMOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты