TOʻRGʻAY SOYLIGI, Toʻrgʻay vodiysi — shim. dan janubga Toʻrgʻay platosi va Gʻarbiy Sibir tekisligi hamda Turon pasttekisligining shim. qismini kesib oʻtgan eroziontektonik soylik. Qozogʻistonning shim. gʻarbida. 800 km ga choʻzilgan. Eni 20—75 km, bal. 125 m gacha. Qad. allyuvial va koʻlallyuvial qumoqlaridan tashkil topgan. Toʻrgʻay soyligi boʻylab shim. yoʻnalishda Ubagan daryosi, jan. yoʻnalishda Toʻrgʻay daryosi oqib oʻtadi, shoʻr koʻllar bor. Erigan qor suvlaridan botqoqliklar hosil boʻlgan, grunt suvlari minerallashgan. Dasht va chala choʻl landshaftlarda shoʻrtobshoʻrxok, shoʻrtoboʻtloqdasht va oʻtloklar bor. Yaylov va pichanzor koʻp.