TOʻSUNSOY RASMLARI

TOʻSUNSOY RASMLARI — Nurota togʻ tizmasining jan. yon bagʻridagi qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar, sanʼat obidasi. Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani hududida. 1977-y. da arxeolog O. Rostovsev, T. Omonjulov, G. Vafoyev, I. Ivaniskiylar tomonidan topilgan. 1986-y. da arxeolog M. Xoʻjanazarov tomonidan oʻrganilgan. Mil. av. 2ming yillikning oxiri — 1ming yillikka mansub, keyingi davrlarda yaratilgan rasmlar ham uchraydi. Rasmlar qattiq buyum bn soya, shakl koʻrinishi, oddiy chiziklar uslubida uriboʻyib ishlangan. Yakka holda alohida ishlangan odamlar, ot, it, echki, tuya, kiyik, toʻngʻiz, boʻri, krplon va b. ning rasmlari koʻpchilikni tashkil qiladi; ov manzaralari, ot va tuya mingan chavandozlar tasvirlari ham uchraydi; koʻp lavha va tasvirlar romb shaklidagi belgi bn birga ishlangan. Ayrim qad. rasmlar usti keyingi davrlarda yaratilgan birmuncha yangi shakllar bn krplangan. Toʻsunsoy rasmlari tasviriy sanʼat asari, arxeologik obida va tarixiy manba sifatida katta axamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: TOʻSUNSOY RASMLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
ROSSIYA
HINDISTON
SAMARQAND


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты