TOʻTI BALIQLAR

TOʻTI BALIQLAR, skarsimon baliqlar (Scaridae) — olabugʻa baliqlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Uzunligi bir necha oʻn sm dan 2 m gacha va baʼzan koʻproq. Oldingi tishlari birlashib, toʻti tumshugʻiga oʻxshash shaklni hosil qiladi (nomi shundan). Bunday «tumshuq» qar qaysi jagʻda ikkitadan boʻladi. Baʼzan tashki qoziq va oziq tishlar ham bor. Chiroyli rangli, oʻsish davomida rangini bir necha marta oʻzgartiradi. 10 urugʻi, 80 turi maʼlum. Tropik dengizlardagi korall riflarida yakka yashaydi. Kechasi shilimshiq moddadan iborat gʻilofga oʻralib oladi; kunduzi faol hayot kechiradi. Germafrodit. Korallar va mollyuskalar bn oziklanadi. Tishlari yerdamida riflarni uzib olib, chaynab maydalaydi.


Lotin alifbosida maqola: TOʻTI BALIQLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TISH
OKEAN
BALIQLAR
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты