TOʻXTAYEV Azamat Ramziddinovich

TOʻXTAYEV Azamat Ramziddinovich (1946.25.4, Toshkent) — meʼmor. Oʻzbekiston BA akademigi (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan meʼmor (1991). Toshkent politexnika intini tugatgan (1970). Toshkentdagi loyihalash i. t. institutida loyihalovchi, katta meʼmor, loyiha bosh meʼmori, guruh rahbari, direktor (1963 93). Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi «Oʻzinterqurilish» firmasida bosh direktor (1993 — 95), Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1998 — 2000), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi (2000-y. dan).

T. Oʻzbekiston va b. davlatlardagi bir qancha bino loyihalari muallifi: Issiqkoʻldagi dam olish uyi (1968), Qarshidagi musiqali drama teatri (1976), Moskvadagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi interyeri (1978). Oʻzbekiston Respublikasi banklar assotsiatsiyasi binosi (1998 — 2000) va b. «Mehnat shuhrati» ordeni bn mukofotlangan (1999).


Lotin alifbosida maqola: TOʻXTAYEV Azamat Ramziddinovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BANKLAR
TURKIYA
QIRGʻIZISTON
TOSHKANBOYEVLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты